asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Ucell abonentlari 9.47 millionga yetdi

Muallif: admin1 от 7-01-2013, 17:27

2012 yil davomida Ucellning abonentlar bazasida 1.787 million foydalanuvchiga oshib, o`sish ko`rsatkichi 23.2 foizni tashkil etgan. Bu haqida TeleSonera kompaniyalar guruhi 31-yanvar kuni elon qilgan yillik xisobotga asoslanib, «Газета.uz» habar bermoqda.


Hisobotga ko`ra bir yil ichida Ucell abonentlari soni 23,2 foizga yoki 1,787 millionni tashkil etgan. Ayni vaqtda, 2012 yilning to`rtinchi choragi davomida operator abonentlari soni 74 mingtaga kamaygan - uchinchi chorakda kompaniya abonentlari soni 9,549 millionni tashkil etgan.

TeleSoneraning tushuntirishicha, to`rtinchi chorakda bazaning qisqarishi - abonentlar bazasini faol oshib borayotgani va trafik hajmlarining sezilarli ko'paygani munosabati bilan tarmoqning barqaror ish faoliyati uchun 600 mingta nofaol abonentlar tarmoqdan o`chirilishi bilan bog`liq.

Bundan tashqari, TeleSonera o`z hisobotida mamlakatdagi eng yirik mobil aloqa operatori - "MTS O`zbekiston" faoliyatining to`xtatilishi aloqa bozoriga sezilarli tasir ko`rsatganini qayd etgan.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA \r