asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Eng yaxshi innovatsion loyihalar

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:49

Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamkorligida “Innovatsion loyihalar” tanlovi yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ilm-fan rivojiga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida yosh olim va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda va amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Joriy yilda ilk marta o‘tkazilgan “Innovatsion loyihalar” tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham 30 yoshgacha bo‘lgan yosh olim va tadqiqotchilar, magistrlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iboratdir.

Tanlovga oliy ta’lim maskanlari, ilmiy markazlar, qo‘mita va agentliklarda izlanish olib borayotgan 150 nafardan ortiq yosh olimning qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, tuproqshunoslik, biotexnologiyalar, dasturiy ta’minot, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, yerosti resurslari va mineral boyliklarni qayta ishlashga oid innovatsion loyihalari taqdim etildi. 11 mualliflik ishi g‘olib deb topildi.

– Ushbu tanlovda urug‘siz anor navini yetishtirishga oid loyiham bilan ishtirok etdim, – deydi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti biologiya fakulteti magistranti Alisher Safarov. – Bunday nav sho‘rlangan yerlarda bemalol yetishtirilishi, serhosilligi, erta pisharligi bilan ajralib turadi. Eksportbop bu mevadan to‘qson foizgacha sharbat olish mumkin.
Tadbirda “Innovatsion loyihalar” tanlovi g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA \r