asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Naslchilik ishlari – e’tiborda

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:42

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri - chorvachilikni rivojlantirish, aholiga go‘sht va sut mahsulotlari yetkazib berish hajmini oshirish naslchilik ishlarining qay darajada samarali yo‘lga qo‘yilganiga bevosita bog‘liq. Shu bois Namangan viloyatida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida nasldor qoramollarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Namangan viloyati Chortoq tumanidagi Kamoliddin Zohidov rahbarlik qilayotgan “Anortog‘ naslchilik-bo‘rdoqichilik” fermer xo‘jaligida 2008-yili 141 bosh qoramol bor edi. O‘sha yili Germaniyadan 47 bosh zotli qoramol keltirildi. Belgilangan ratsion asosida parvarish qilingan chorva soni ko‘paygani sayin fermer xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi ham ortib bordi.

Chorvachilik kompleksida katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Qoramollarni parvarishlashga zamonaviy texnologiyalar joriy etildi. To‘liq kompyuterlashtirilgan sog‘ish zallari qurildi. Qoramol va buzoqlarni qishda saqlash uchun Germaniya texnologiyasi asosida qurilgan molxonalar ishga tushirildi.

Natijada o‘tgan 2012-yilning to‘qqiz oyida fermer xo‘jaligi tomonidan iste’mol bozoriga 500 tonna go‘sht, 50 tonna sut yetkazib berildi. Ayni paytda xo‘jalikda 520 boshdan ziyod zotli qoramol parvarishlanmoqda. Yuz gektardan ziyod ekin maydonida yetishtirilayotgan chorva ozuqasi ularni ilmiy asoslangan ratsion asosida boqish imkonini bermoqda. Yetarli texnika vositalari bilan ta’minlangan fermer xo‘jaligida 22 kishi mehnat qilayotir.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA \r