asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Taraqqiyotining huquqiy asosi

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:29

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning yigirma yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni Toshkent shahar hokimi R.Usmonov ochdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yillarida erishgan barcha-barcha yutuq va marralari, uning ulkan sur’atlar bilan o‘sishi avvalo Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudrati va salohiyatini, unda mujassam bo‘lgan prinsiplar, qoida va normalarning naqadar chuqur o‘ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etishini alohida ta’kidladi.

Shu kunlarda xalqimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 20-yilligini keng nishonlamoqda. Bu ulug‘ ayyom mamlakatimiz har bir fuqarosining, bugungi va kelajak avlodlarning taqdiriga daxldor.

Har bir yurtdoshimiz, butun xalqimiz hayotidagi barcha o‘zgarish va yangilanishlar, mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yo‘lidan dadil rivojlanib borayotgani Asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan huquqiy asoslarga qat’iy amal qilib kelayotganimizning samarasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayramining yana bir muhim jihati, shu kuni xalqimiz, jamiyatimizning orzu-intilishlarini ifoda etadigan, ertangi kunimizning ravnaqiga xizmat qiladigan eng ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi.

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2012-yil Mustahkam oila yili deb e’lon qilingan edi.

Bu borada ishlab chiqilgan Davlat dasturi asosida oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini yuksaltirish, jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Barchamizga yaxshi ayonki, har qaysi inson, millati, tili va dinidan qat’i nazar, bu dunyoga baxtli yashash uchun keladi, deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. Bunday yuksak orzuga yetishning sharti va garovi bo‘lgan omillar ko‘p. Lekin ular orasida hayotimizga ma’no-mazmun beradigan, uni yanada yorug‘ va fayzli qiladigan bir omil borki, u ham bo‘lsa, odamning o‘z uyi, o‘z yurtini har tomonlama go‘zal va obod qilib, shundan o‘zi mamnun bo‘lib, rozi bo‘lib yashashida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Prezidentimiz Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2013-yilni mamlakatimizda “Obod turmush yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Davlatimiz rahbarining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Tantanali marosim san’at ustalari va yosh ijrochilarning bayram konserti bilan yakunlandi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA \r