asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Qonunchilik faoliyatining asosi

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:27

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi – parlament qonunchilik faoliyatining asosi” mavzuida seminar bo‘ldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari sudyalari, Bosh prokuratura, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari mas’ul xodimlari, huquqshunoslar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari U.Vafoyev, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi A.Rahimov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yaratilgan Asosiy qonunimizda mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlari aniq-ravshan belgilab berilgani va hayotga tatbiq etilayotgani amalda yuksak samara berayotganini ta’kidladi.

Konstitutsiyada davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishining huquqiy prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Bu ularning mustaqil rivojlanishiga, hokimiyatlar o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali mexanizmini shakllantirishga zamin yaratdi.

Mamlakatimizda ikki palatali parlament faoliyat ko‘rsatmoqda. Parlament o‘tgan davrda Konstitutsiya normalariga muvofiq 7 konstitutsiyaviy qonun, 15 kodeks, 600 dan ziyod qonun qabul qildi. Ikki yuzdan ortiq ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qildi. Shu tariqa Asosiy qonunimizni amalga oshirishning yaxlit huquqiy mexanizmi yaratildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan qonunchilik tashabbuslari asosida parlamentarizm, fraksiyalararo va partiyalararo raqobatni ta’minlash sohasida milliy qonunchiligimiz izchil takomillashib bormoqda.

Seminarda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada rivojlantirish xususida atroflicha fikr almashildi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA \r