Markaziy Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy ekosistemalari  

  • Sana 20-06-19
  • Yuklangan 1
  • Fayl hajmi 2,30 MB
Markaziy Osiyo region landshaftining fizik-geografik sharoiti xilma-xil. Markaziy Osiyo hududi dasht, chala cho‘l, cho‘l va tog‘ kabi tabiiy geografik zonalardan iborat.

Cho‘l ekotizimi. Cho‘l mintaqasi butun respublikamiz hududining 60% dan ko‘pini tashkil qilib, dengiz sathidan 400–500 m gacha bo‘lgan balandlikda joylashgan. Bu regionning fizik-geografik sharoiti va landshafti ham juda xilma-xil. Shimoliy-g‘arbiy hududlar cho‘l va chala cho‘llardan iborat bo‘lib, yozi quruq issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik miqdorining kamligi bilan xarakterlanadi.