Yorug‘lik – muhitning ekologik omili  

  • Sana 12-06-19
  • Yuklangan 0
  • Fayl hajmi 3,79 MB
8-§. Yorug‘lik – muhitning ekologik omili
11 sinf "Biologiya" darsligi asosida. 2018

Yorug‘lik muhitning abiotik omili. Yerda hayot mavjudligining asosiy sharti koinotdan yetib keladigan quyosh energiyasidir. Quyosh energiyasi ekosistemalarda kechadigan biologik jarayonlarni energiya bilan ta’minlaydi. Quyosh energiyasi fotosintez jarayoni uchun energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi, organizmlarda issiqlik me’yorini saqlashda ishtirok etadi,suv almashinuvini ta’minlaydi, fazoda mo‘ljal olish uchun zarur omil sanaladi.