O’zbekiston mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati  

  • Sana 22-04-17
  • Yuklangan 137
  • Fayl hajmi 239,29 kB
O’zbekiston mustaqil davlat. SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati
davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi.
1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga
binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston
SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar
vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya
organlari , shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy
okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.