Mingyillik rivojlanish maqsadlari  

  • Sana 15-04-17
  • Yuklangan 21
  • Fayl hajmi 271,79 kB
2000 yilda jahon tarixida va Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida muhim voqea bo`ldi. Mingyillik Sammiti muhim global da`vatlarga e`tiborni qaratish uchun 189 mamlakat rahbarlarini to`pladi. Ular ushbu dunyoni butun insoniyat uchun yaxshiroq qilish majburiyatini o`z zimmalariga oldilar. Davlatlar qashshoqlikka qarshi kurashish, xizmatlarning asosiy turlaridan bahramand bo`lishni yaxshilash, kasalliklar tarqalishini kamaytirish va atrof muhitni himoyalash uchun kuch-g`ayratni birlashtirish borasida noyob imkoniyatga ega bo`ldilar. “Mingyillik Deklaratsiyasi” 21 asrga mo`ljallangan Global kun tartibini belgilab berdi hamda Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari (MRM) sifatida ma`lum bo`lgan cakkizta konkret maqsadga erishishga qaratilgan vazifalarni qo`ydi. Shunday qilib, “Mingyillik Deklaratsiyasi” jahon yetakchilarining azmu qarorlarini aks ettiradi, 2015 yilgacha bo`lgan davrda rivojlanishning “yo`l xaritasi” hisoblanadi.