Jaloliddin Manguberdi  

  • Sana 8-01-17
  • Yuklangan 170
  • Fayl hajmi 3,41 MB
Xorazmshohlar davlatining songgi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta ogli. Onasi Oychechak turkman kanizaklaridan bolgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bolgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda ozgarib Manguberdi nomi bilan mashhur bolib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni Gazna, Bomiyon, Gur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bolgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan. Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat`iy noroziligi sababli Qutbiddin Ozloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, ozining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan