Elektron biznes tizimlarini qurishning nazariy asoslari  

  • Sana 24-11-16
  • Yuklangan 104
  • Fayl hajmi 235,58 kB
“Elektron biznes” fanining paydo bo‘lishi muomalaga yangi atamalar, kategoriyalar va tushunchalar kiritilishi bilan bog‘liq. Hozirda yangi tushunchalar paydo bo‘ldi: elektron magazin, elektron vitrina, elektron pullar, elektron to‘lov tizimlari, elektron raqamli imzo va h. k.
Bugungi kunda “Elektron biznes”, “Internet-biznes”, shuningdek, “elektron savdo” kabi asosiy tushunchalarning turlicha ta’riflari ma’lum.
Har bir muallif o‘zining kasbiy tayyorgarligi va olgan tajribasiga ko‘ra mazkur tushunchaga aniq ma’no kiritadi.