Davlatning tashkilot sifatida funksiyalari va vazifalari  

  • Sana 19-11-16
  • Yuklangan 65
  • Fayl hajmi 1,07 MB
Davlat  eng asosiy siyosiy institutdir, siyosiy tizim O'z ifodasini faqatgina davlat orqali to'liq namoyon qiladi. Davlat bo'lmasa siyosiy munosabatlar ham ijtimoiy munosabatlarning mustaqil  turi sifatida shakllana olmaydi. Uzoq vaqt siyosat deganda faqatgina davlat tushunilar edi. Siyosatshunoslik fani ham faqatgina davlat bo'lib shug'ullanishi kerak deb ta'kidlanar edi. Buning sababi nimada edi. Sababi siyosiy hokimiyat faqat davlat orqali yuritilishi mumkin. Davlat jamiyatning barcha resurslari ustidan nazorat qiladi va jamiyatni boshqarish uchun eng katta potensialga ega. Boshqa xech qaysi siyosiy institutlar davlatsiz faoliyat yuritolmaydi.