Oquvchilarni fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish  

  • Sana 9-05-16
  • Yuklangan 127
  • Fayl hajmi 890,48 kB
O'quvchilarda vatanparvarlik va baynalminallik hissini shakllantirish fuqarolik tarbiyasining asosi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha patriots vatandosh, patris vatan, yurt) tuyg'usini shakllantirishga e'tibor qaratiladi. Zero, fuqaro davlatning a'zosi sifatida uning sha'ni, obro'-e'tiborini ta'minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur. Vatan atamasi aslida arabcha so'z bo'lib, ona yurt ma'nosini bildiradi, Vatan tushunchasi keng va tor ma'noda qo'llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma'nodagi tushunchadir. Kishi tug'ilib o'sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma'nodagi tushunchadir?.