Uzluksiz sport musobaqalari. Barkamol avlod sport o’yinlari  

  • Sana 30-04-16
  • Yuklangan 176
  • Fayl hajmi 627,02 kB
"BARKAMOL AVLOD" SPORT O’YINLARI — O’zbekistonning kasbhunar kollejlari va akademik litseylari o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini ni-shonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tka-zish to’g’risida"gi qarori (2001 y. 19 yanvar) asosida tashkil etilgan hamda "Uquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to’g’risida"gi (2003 y. 3 iyun) qaroriga binoan respublika final bosqichlari 3 y.da bir marta o’tkazilishi belgilangan. Maqsadi — o’rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi o’quv muassasalaridagi o’quvchi yoshlarni jismonan yetuk, axloqan bar-kamol va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommaviylashtirish