Amir Temur diplomatiyasi  

  • Sana 22-04-16
  • Yuklangan 131
  • Fayl hajmi 650,97 kB
Mamlakatimiz istiqlolga erishgan vaqtdan e'tiboran Amir Temur shaxsi xalqimiz uchun yana Vatan va millat timsoliga aylandi. Mustaqilligimizning har bir tadbirida, O'zbekistonning har bir qadamida ul buyuk zot ruhi bizga hamrohu hamnafas bo'lib bormoqda.
Yurtimizda har yili Amir Temurning tavallud sanasi keng nishonlanadi. Poytaxtimiz markazidagi Amir Temur xiyobonidagi keng ko'lamli bunyodkorlik va ko'kalamzorlashtirish ishlaridan tortib, Sohibqiron tug'ilgan go'sha - Qashqadaryodagi Xo'ja Ilg'or qishlog'ida amalga oshirilayotgan qizg'in obodonchilik ishlarigacha shundan dalolat bermoqdaki, bu yil Sohibqiron nomi, uning faoliyati bilan bog'liq tadbirlar diyorimizning barcha hududlarida alohida ko'tarinki ruhda o'tmoqda.