Dehqonchilik ilmiy asoslari  

  • Sana 8-04-16
  • Yuklangan 56
  • Fayl hajmi 240,23 kB
Yerdagi barcha, xususan insonlar ham yashil o’simliklar bilan chmabarchas bog’liqdirlar. Yashil o’simliklar anorganik moddalardan organik moddalar hosil qilish qobiliyatiga egadirlar.
O’simlikning o’sishi, rivojlanishi va hosil berishi davomida doimo hayot faktorlari oqimi zarur bo’ladi: yorug’lik, issiqlik, suv, ozuqa moddalar. Ularni o’simliklar o’zlarining yashash muhitidan – tuproq va havodan oladilar.
Bog’ va o’rmon sharoitida yashash muhitiga nafaqat tuproq va havo, balki ma’lum bir o’simlikning atrofida o’suvchi “qo’shni” lari ham ushbu muhitiga taaluqli bo’lib qoladilar. Bunga sabab ushbu o’simliklarning to’kkan barglarining keyinchalik yerga to’kilib, tuproq ustidagi to’shamani hosil qiladi. U o’z navbatida chirib ozuqa qatlamini hosil qiladi.