asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





“Chevrolet Cobalt” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Muallif: admin1 от 7-01-2013, 16:54

oshkentda 5-sentabr kuni “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan yangi “Chevrolet Cobalt” avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Chevrolet Cobalt” — “General Motors” tomonidan tobora taraqqiy etib borayotgan bozorlar uchun maxsus ishlab chiqilgan mutlaqo yangi rusumdagi avtomobildir. Ushbu avtomobil to‘rt turda ishlab chiqariladi.

“Cobalt” 1,5 litr hajmdagi to‘rt silindrli, benzin bilan ishlaydigan 106 ot kuchi quvvatiga ega va 5 bosqichli mexanik uzatmali dvigatel bilan jihozlangan. 100 kilometrga taxminan 6,2 litr yoqilg‘i sarflaydi. Rivojlanib borayotgan bozorlarda bu avtomobil B turkumiga kiruvchi yagona model bo‘ladi. Bundan tashqari, uning 6 bosqichli avtomat transmissiya o‘rnatilgan rusumiga ham buyurtma berish mumkin.

Besh kishi uchun mo‘ljallangan keng salonli avtomobil yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida yon tomonlari baland anatomik o‘rindiqlar bilan jihozlangan. Avtomobil konditsioner, quyma disklar, audiotizim, xavfsizlik yostiqchalari, elektr ko‘zgular va avtomatik transmissiya bilan jihozlangan.

“Cobalt” avtomobilining ajoyib dizayni, zamonaviy xavfsizlik tizimi va boshqa yuksak sifat ko‘rsatkichlari kompaniyaga uni nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham sotish ko‘lami va hajmini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. Mutaxassislarning fikricha, “Chevrolet Cobalt” xaridorlar e’tiborini tez qozonadi.

Yangi modelni ishlab chiqarish hajmi yiliga 120 mingdan oshadi va yaqin vaqt ichida u sotuvga chiqariladi.

Foto

Suratlar muallifi: Sarvar O'rmonov (O‘zA).

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA