asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





“Grin kard” “suyunchisi” — 3000 dollar?

Muallif: admin1 от 4-01-2013, 17:30

Har yili AQSH hukumati AQSHga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” (Diversity Visa, DV) dasturi orqali 50 mingta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil mobaynidagi immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi, bunda immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq vizalar miqdori belgilanadi.

Bu yil ushbu lotereyada 190 davlat vakillari ishtirok etadi. Bir davlat uchun eng ko‘p beriladigan vizalar miqdori 3500 tani tashkil etadi. Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.

DV lotereyasiga ro‘yxatga olish davri 2012-yil 3-noyabr Toshkent vaqti bilan 21:00 da tugaydi. Barcha arizalar elektron ravishda ro‘yxatga olish davrida dvlottery.state.gov sayti orqali topshirilishi shart. DV lotereyasiga ariza berish uchun hech qanday haq olinmaydi. Murojaat etuvchilarga arizalarini topshirish uchun ro‘yxatga olish davrining so‘nggi haftasigacha kutmaslik tavsiya etiladi. 3-noyabr soat 21:00 dan keyin birorta ham ariza qabul qilinmaydi.

2013-yil 1-maydan boshlab, qatnashchilar o‘zlarining arizalari ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi varaqlaridan foydalanib, Davlat departamentining vebsaytida immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlariga o‘tish uchun tanlangan yoki tanlanmaganliklari haqida ma'lumotlarni bilib olishlari mumkin.

DV lotereyasining talablariga javob berish uchun murojaat etuvchi ushbu lotereyada qatnashishi mumkin bo‘lgan davlatlardan biri, shu jumladan, O‘zbekistondan bo‘lishi va o‘rta maktab darajasiga teng ma'lumotga ega bo‘lmog‘i kerak.

DV lotereyasida yutgandan so‘ng viza olish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi: viza arizasi, muayyan klinikada tasdiqlangan tibbiyot varaqasi, jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat haqidagi so‘rov, ma'lumoti haqidagi hujjat. Viza harajatlari uchun har bir kishiga 330 dollardan haq olinadi. Ushbu to‘lov o‘tgan yili 819dollarni tashkil etgan edi.

Garchi ko‘plab kompaniyalar “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” lotereyasiga ariza topshirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etsalar ham, ularning xizmatlaridan foydalanish shaxsning lotereyada g‘olib bo‘lish ehtimolligini hech qaysi yo‘l bilan oshirmaydi. DV lotereyasida g‘olib bo‘lgan shaxs AQSH elchixonasi yoki konsullik bo‘limiga o‘z viza suhbati uchun kelguniga qadar, AQSH Davlat departamenti mazkur dastur bo‘yicha hech qanday to‘lovlar olmaydi. Qo‘shimcha ma'lumotlarni AQSH elchixonasi saytidan olish mumkin.

O‘zbekistondan 2007-yili 910 kishi “Grin kard” asosida viza olgan bo‘lsa, bu raqam 2008-yili 2100 ga, 2009-yili 2200 ga, 2010-yili 3200 ga, 2011-yili 3079 ga yetgan. 2012-yilgi “Grin kard” dasturi uchun O‘zbekistondan 507361 ta ariza topshirilgan, shulardan 4800 tasi (9 foiz) lotereyada yutgan. Ularning 3079 tasiga viza berilgan. Qolganlariga turli sabablar tufayli viza berilmagan. Viza berilmasligining asosiy sababi dastur arizasida noto‘g‘ri ma'lumotlar keltirilganligidir.

2013-yilgi “Grin kard” dasturi uchun O‘zbekistondan 654327 ta ariza topshirilgan, shulardan 5101 tasi (8%) lotereyada yutgan. O‘zbekiston 2011-yili DV lotereyasida eng ko‘p yutganlar soni bo‘yicha yettinchi o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, 2012-2013 yilgi dasturda beshinchi o‘rinni egallamoqda. 2013-yilgi DV lotereyasi natijalariga ko‘ra, Ukraina birinchi o‘rinda (1232306 ta ariza, 6424 yutuq) bo‘lsa, Nigeriya (1975571 ariza, 6218 ta yutuq), Eron (692410 ariza, 6029 ta yutuq), Gana (1056032 ariza, 5105 ta yutuq) keyingi o‘rinlarni egallagan.

4-oktyabr kuni AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasida jurnalistlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda konsullik bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Otto Vestxassel “Grin kard” lotereyasi haqida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

— “Grin kard” lotereyasi o‘ynaladigan oyda bir qancha firmalar arizani to‘ldirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etadilar. Masalan, Samarqandda shu kabi “viza agentlari” ishxonalar, mahallalar, hatto maktablarga borib, DV lotereyasi arizasi uchun mijoz qidiradilar. Ko‘pchilikka ma'lumki, ariza beruvchilarning aksariyati lotereyaning rasmiy saytiga kirib, u yerdagi anketani o‘zlari to‘ldira olmaydilar. Ular mana shunday firmalarga murojaat qiladilar. Lekin firma agentlari lotereya to‘ldirilganligi haqidagi raqamni arizachilarga bermaydilar. DV lotereyasi natijalari chiqqanda esa “viza agentlari” o‘zlari tekshirib, lotereyada g‘olib bo‘lganlarga qo‘ng‘iroq qiladi hamda kodni berish evaziga arizachining moliyaviy ahvoliga qarab, 300 dollardan dan 3000 dollargacha “suyunchi” talab qilishadi. Mana shunday holatning oldini olish uchun qanday choralar qo‘llanishi kerakq Ariza topshirganlar shu holatda konsullikka kodni olish uchun murojaat qilsalar bo‘ladimi?

— AQSH davlat departamenti DV lotereyasini har bir ishtirokchi o‘zi to‘ldirishini hamda to‘ldirilganligi haqidagi raqamni saqlab qo‘shishni tavsiya etadi. Bu yildan DV lotereyasi rasmiy saytida arizada kiritilgan e-mail (agar o‘sha e-mail arizada ko‘rsatilgan elektron pochta bilan mos kelsa) orqali raqamni topish funksiyasi kiritildi. Firibgarlarning qo‘liga tushib qolmasligi uchun arizachilar o‘z ma'lumotlarini boshqalarga taqdim etmasliklari tavsiya etiladi.

— DV lotereyasi arizasini o‘zbek tilida to‘ldirish mumkinmi?

— Ariza faqatgina ingliz tilida to‘ldiriladi. DV lotereyasi saytida arizani qanday to‘ldirish haqidagi ma'lumotnoma o‘zbek tilida ham taqdim etilgan (PDF).

— Akademik litseyning uchinchi kursida tahsil olayotgan talaba DV lotereyasi arizasini to‘ldirishi mumkinmi?

— Masalan, ariza topshirayotgan shaxs hozir uchinchi kursda o‘qimoqda. Keyingi yili yozga u o‘qishni bitiradi. Agar shu shaxs keyingi yili may oyida lotereyani yutsa, to viza olgani kirguncha qo‘lida diplomi bo‘ladi. AQSH o‘rta ta'limiga teng keluvchi ushbu diplom unga viza olish uchun asos bo‘lishi mumkin.

— O‘zbekistonliklar uchun DV lotereyasi limiti to‘lib qolmoqda, endi O‘zbekiston uchun ushbu dasturda joy ajratilmaydi, degan mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalik asosli?

— O‘zbekiston uchun ushbu dasturda joy ajratilmacligi haqida menda hech qanday ma'lumot yo‘q. Odatda so‘nggi besh yil ichida AQSHga kelgan immigrantlar soni 50 mindan oshgan davlatlar uchun “Grin kard” ajratilmaydi. So‘nggi besh ichida AQSHga kelgan o‘zbekistonlik immigrantlar soni 50 shtpdan oshgan emas.

— 2013-yilgi DV lotereyasi g‘oliblari orasida qaysi viloyat vakillari yetakchilik qilmoqda?

— Regionlar bo‘yicha statistika yuritmaymiz. Lekin, eng ko‘p DV lotereyasini yutayotganlar samarqandliklar ekanligini aytishim mumkin.

D. T.: O‘tgan yilgi DV lotereyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida konsul Devid Miko quyidagi faktlarni taqdim etgan edi: o‘tgan yili “Grin kard” yutganlarning o‘rtacha oilaviy ahvoli 2,8 kishini tashkil etgan. O‘rtacha yosh esa 30 dir. Ulardan o‘rta ma'lumotlilari 31 foiz, kollej ma'lumotiga egalari 35 foiz, bakalavrlar 28 foiz, magistrlar 5 foizni tashkil etgan. Ғolib bo‘lganlarning 63 foizi Samarqand viloyati vakillari bo‘lsa, 28 foizi Toshkent shahri va viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Boshqa viloyatlar ko‘rsatkichlari ancha past. “Grin kard” orqali viza olganlarning 74 foizi yashash joyi sifatida Nyu-Yorkni tanlagan.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA