asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Yosh iqtidorlar maskani

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:52

Davlatimiz rahbarining 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014-yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Buxoro viloyati Kogon shahrida barpo etilgan 2-bolalar musiqa va san’at maktabi yosh iqtidor egalarining ijodiy kamolotiga xizmat qilayotgan zamonaviy ta’lim maskanlaridandir.

Bu yerda ta’lim olayotgan 230 o‘g‘il-qizning musiqa va san’at sirlarini puxta egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Keng va yorug‘, zamon talablari darajasida jihozlangan mashg‘ulot xonalari ularning ixtiyorida. Maktab tarbiyalanuvchilari orasida shahar, viloyat, respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarda muvaffaqiyatga erishayotgan o‘quvchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. ”Yangi avlod” bolalar ijodiyoti festivalining bu yilgi Buxoro viloyati bosqichida maktabning 3 nafar o‘quvchisi muvaffaqiyatli ishtirok etib, festivalning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA