asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Talabalar uchun qulaylik

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:51

Mamlakatimizda yosh avlodga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim-tarbiya berish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda o‘tkazilayotgan intellektual musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar yoshlarning bu boradagi bilimlarini oshirish, qobiliyatli yigit-qizlarni aniqlash va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

“O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi hamda “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi tomonidan yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlarida “Kelajak ovozi” axborot xonalari tashkil etilishi ham ushbu yo‘nalishdagi xayrli ishlardan biri bo‘ldi.

Ayni paytda Samarqand shahridagi barcha oliy o‘quv yurtlarida, jumladan, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida ana shunday axborot xonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunday xonalar zamonaviy kompyuter va boshqa axborot vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda talabalar o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etishlari, yangi g‘oya va tashabbuslar haqida tengdoshlari bilan fikrlashishlari, “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasining yoshlarga oid loyihalari va ularda ishtirok etish tartiblari bilan tanishishlari mumkin. Shuningdek, bu xonalarda talabalarning internet orqali dunyoning turli hududlarida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalardan xabardor bo‘lishlari uchun imkoniyat ham yaratilgan.

– Hozir yoshlar uchun axborot olish, jamiyatda kechayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirish imkoniyatlari keng, – deydi Samarqand davlat universiteti “Kelajak ovozi” axborot xonasi rahbari Sardor Chorshanboyev. – Har kim shaxsiy mobil telefoni yoki kompyuteri, ta’lim muassasalaridagi axborot resurs markazlari yoxud joylardagi internet klublarda bu ishni muammosiz amalga oshirishi mumkin. Lekin “Kelajak ovozi” axborot xonasida Wi Fi zonasi tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar internet tarmog‘iga bepul ulanib, o‘zlariga kerakli ma’lumotlarni hamda dunyoning istalgan elektron kutubxonalariga kirib, o‘zi uchun kerakli darslik va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlarni topib, ulardan foydalanadi. Tengdoshlari bilan ilmiy bahc-munozaralarga kirishadi.

Bu yerda, shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni xohlovchilar uchun ham imkoniyatlar mavjud. Chunki zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun bir necha tilni bilish lozim. Shundan kelib chiqib, malakali mutaxassislar tomonidan ingliz tili bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Keyinchalik boshqa chet tillarini ham o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Ana shunday imkoniyatlar tufayli axborot xonasi xizmatlaridan foydalanuvchilar safi kun sayin kengayib borayotir. Hozirgacha universitetning ikki yuz nafardan ziyod talabasi unga a’zo bo‘ldi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA