asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Zamonaviy uylar ko‘paymoqda

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:41

Toshkent viloyatida 2013-yilda namunaviy loyiha asosida 1050 uy-joy qurish mo‘ljallanmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, uy-joy va ijtimoiy soha ob’ektlarini namunali loyihalar asosida qurish hamda qishloq infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2009-yil 3-avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Joylarda yakka tartibdagi zamonaviy loyiha asosida bunyod etilayotgan uy-joylar qishloq aholisining turmush darajasini yanada oshirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish imkonini bermoqda.

Shinam, barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar uchun fuqarolarga kredit ajratish mexanizmi takomillashtirilgani, kredit oluvchilarga berilayotgan imtiyozlar namunaviy loyiha bo‘yicha qurilayotgan uy-joylarga aholining qiziqishini yanada oshirmoqda.

2010-yilda Toshkent viloyati tumanlarida namunaviy loyiha asosida 635 uy-joy bunyod etilgan bo‘lsa, 2011-yili 680 uy foydalanishga topshirildi. 2013-yilda 1050 turar-joy qurish mo‘ljallanmoqda.

– 2013-yilda viloyatimiz bo‘yicha 41 aholi punktida namunaviy loyiha asosida qurilishi belgilangan uylar uchun yer tanlash va ajratish bo‘yicha tuman hokimlarining qarorlari qabul qilindi, – deydi “Qishloq qurilish invest” ixtisoslashtirilgan injiniring kompaniyasining Toshkent viloyati filiali direktori Dilshod Kamolov. – Ajratilgan 96,56 gektar yerning texnik shartlari ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

Aholining talab va ehtiyojini hisobga olgan holda bu yil viloyatning Zangiota, Qibray, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq uy quriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil Zangiota tumanidagi “Hasanboy”, “O‘rtaovul”, “Ko‘ksaroy” va “Erkin” qishloq fuqarolar yig‘inlariga qarashli maydonlarda 128 uy-joy bunyod etiladi. Hozirgacha o‘nlab fuqarolar ana shunday yangi uy-joylar uchun “Qishloq qurilish bank”ning “Qurilishga boshlang‘ich badal” omonatiga uch milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qo‘ydi. Ularning safi kun sayin kengayib bormoqda.

– Barpo etilayotgan uy-joylardagi zamonaviy shart-sharoitlarni ko‘rib, havasimiz keldi, – deydi zangiotalik O‘ktam Xudoyorov. – Oilamiz bilan kelishib, Obod turmush yilida quriladigan to‘rt xonali namunaviy uylardan biriga buyurtma berdik.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA