asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Fikrlar parvozi aks etgan asarlar

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:39

Milliy tasviriy san’atimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan akademik rassomlar ijod namunalaridan iborat ushbu ko‘rgazmaning ochilishida jamoat tashkilotlari, san’atshunos olimlar, musavvir va haykaltaroshlar, usta va hunarmandlar, oliy ta’lim dargohlarining professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri T.Qo‘ziyev, Badiiy akademiya raisi A.Nuriddinov, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ch.Syao, san’atshunos A.Hakimov, O‘zbekiston xalq rassomi Sh.Yusupov va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda tasviriy san’atning o‘ziga xos maktab va yo‘nalishlarini asrab-avaylash va yanada rivojlantirish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 1997-yilda tashkil etilgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlar, dizaynerlar, foto va amaliy san’at ustalarining ijodini qo‘llab-quvvatlash, milliy tasviriy san’atimizning yutuqlarini yurtimiz va xorijda keng targ‘ib etish ishiga munosib hissa qo‘shayotir. O‘tgan davrda akademiya tomonidan badiiy ta’limni takomillashtirish, san’at sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, ko‘rgazmalar, san’at haftaliklari va ko‘rik-tanlovlar tashkil etish, ilmiy va badiiy nashrlarni chop etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Akademiyada o‘z yo‘nalishida muayyan ijodiy maktab yaratgan va hozirda ham samarali mehnat qilayotgan mo‘yqalam sohiblari tajribasidan keng foydalanilmoqda. Ular ishtirokidagi mahorat saboqlari, ijodiy anjumanlar, ko‘rgazmalar yoshlarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning badiiy didi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

– Mamlakatimizda ijod ahlining erkin va samarali mehnat qilishi, o‘z qobiliyati va mahoratini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi O‘zbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekov. – Bunday g‘amxo‘rlik va e’tibor bizni istiqlol yillarida erishilgan ulkan marra va yutuqlarni teranroq aks ettirish, yoshlarning tafakkuri, dunyoqarashi, badiiy-estetik didini to‘g‘ri shakllantirishga hissa qo‘shishga undaydi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA