asosiy   saytda reklama    qoidalar  biz bilan aloqa
Русский O`zbekcha
 
 
Google yordamida qidirish   Yandex yordamida qidirish   Sayt bo'yicha qidirish
 
Login:
Parol:
Parolni unutdim?





Denisning Avstraliyadagi g‘alabalari

Muallif: admin1 от 9-01-2013, 05:18

Avstraliyada tennis bo‘yicha davom etayotgan “Brisbane International – 2013” musobaqasida hamyurtimiz Denis Istomin bosh sovringa da’vogarlik qilmoqda.

Dunyoning eng kuchli raketka ustalari ishtirokidagi nufuzli turnirning dastlabki bosqichida o‘zbek tennischisi sakkizinchi raqamda saralangan slovakiyalik Martin Klijanni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Denisning avstraliyalik mashhur tennischi Lleyton Xyuittga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi nimchorak finalning eng keskin va murosasiz bellashuvi bo‘ldi. Unda hamyurtimiz 7:5, 7:5 hisobida zafar quchdi.

Yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan keyingi bahsda hamyurtimiz birinchi raqamda saralangan buyuk britaniyalik Endi Marreyga qarshi kortga chiqadi.

“Brisbane International” xalqaro turniri jahonning eng kuchli raketka ustalari qatorida D.Istomin uchun ham “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi tennis olamining eng nufuzli to‘rt turniridan dastlabkisi – shu yilning 14-27-yanvar kunlari o‘tkaziladigan Avstraliya ochiq chempionatiga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘taydi.

Hurmatli foydalanuvchi. Siz saytimiz maqolalariga izoh qoldira olmaysiz.
Iltimos saytimiz qaydnomasidan ro`yhatdan o`tishingizni so`raymiz.

Izohlar:

Izoh qoldirish
REFERATLARENSIKLOPEDIYAMUSIQA